44-Maktab haqida to'liq ma'lumot
Maktab tarixiga bir nazar soladigan bo'lsak,Mustaqil Özbekistonimiz kundan kunga obod bolib, rivojlanib bormoqda. Shu jumladan, yangi maktablar ham qad kōtarmoqda. Bizning Qorag'uppa mahallamizda ham mojazgina yangi maktab qurildi. Maktabimiz tarixiga nazar tashlaydigan bolsak, uni tashkil topishida fidoilik körsatgan insonni esga olish joiz. Bu fidoyi inson Allaberdiyev Haqberdi bobo (olloh rahmatiga olgan bölsin, ruhlari shod bo'lsin) hisoblanadi. U kishi 1915-yilda tugilgan. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, qator orden va medallar sohibi bolgan bu inson xalq farovonligi va mahalla oboddligi uchun köp mehnat qilgan hamda xalq olqishiga sazovor bolgan. SamDu ning filologiya fakultetini tugatgan. Mahallada 1969-yilda dastlabki zamonaviy maktab qura boshlandi.
Bu maktab Allaberdiyev Haqberdi boboning say harakati va mehnatlari tufayli 1970-yilda foydalanishga topshirildi. Maktabga rahbariyat Allaberdiyev Haqberdi boboni direktor qilib tayinladi. Maktab dastlab sakkiz yillik bölgan va Fayzulla Xojayev nomli 101-sakkiz yillik maktab deya yuritilgan. Maktabni bitirgan o'quvchilar o'rta ma'lumotni qo'shni mahalladagi maktabda o'qib olganlar. Keyinchalik maktab U. U. Mayakovskiy nomli 44-o'rta maktab nomi ostida 10 yillik maktabga aylantirildi. Ancha yillardan söng maktab Amir Temur nomi bilan ham yuritila boshlangan. Allaberdiyev Haqberdi bobo nafaqaga chiqqandan keyin o'sha davrdagi ustozlardan biri Xudoyorov Ergash bobo maktabga direktorlik qildi. Vaqtlar o'tib Halima Ergasheva, Musurmon Qo'ldoshev, Kimyo Irisova, Behzod Ochilov kabi zabardast, jonkuyar va tashkilotchi ustozlar maktabga direktorlik qildilar.Alla berdiyev Hagberdi bobo asos solgan maktab hozirda yangilanib, ta'mirlanib o'quvchilar uchun ilim maskani sifatida qad ko'tarib turibdi.
Bu binoga hozirgi maktab direktori Munisa Bekmurodova, ustozlar, mahalla ahli va tadbirkorlarining sa'y-harakatlari bilan yangi ikki qavatli maktab binosi qurilib, foydalanishga topshirildi. O'quvchilarning shodligi, quvnoq kulgulari jaranglab turgan bu fayzli maktabda Haqberdiyevlar sulolasining vakillari hamon faxr va iftixor bilan faoliyat yuritishyapdilar. Ularni bobokalonining pok ruhlari shod bo'lsin.